Mana, bobojon, - dedim yonlariga borib.
Rahmat, oʻgʻlim. Maktabda o'qiysanmi?
Ha, bobojon, Toshkentdagi 54-maktabda o'qiyman.
O'qishlaring yaxshimi?
- Ha, chorak baholarimning hammasi «besh».
Barakalla, - maqtab qo'ydilar meni.
Bobojon, urushda bo'lganmisiz?
Qo'y, o'g'lim, urushdan gapirma, — dedilar otaxon.
- Urush yomon-a? Kinoda ko'rganman.
- Juda yomon. Urush oxirlab qolganda jangga kirib
Berlindan urushni tugatib qaytganman, — dedilar og'ir xo'rsinib.
- Nemislar shunaqa yomonmidi?
Nemislar emas, fashistlar yomon edi.
Fashistlar kim o'zi? — so'rayman qiziqishim ortib.
- Fashistlarmi, Gitlerga o'xshagan ajdarholar. Boshini kes-
sang, yana bosh oʻsib chiqadi.
- Ertaklardagi ajdahoga o'xshagan deng. Hozir yo'qmi
ular?
- Yo'q. Mabodo qolgan bo'lsa ham, boshini yanchib
tashlaymiz. Endi, bor, o'yna.
- Bobojon, sizga muzqaymoq olib kelib beraymi?
- Rahmat, bolam, o'zing yeyaver. Arg'imchoq uchib, o'yna.
Ordenli bobo bilan xayrlashar ekanman, kayfiyatim ko'ta-
rilganini his etdim.
Abdulhay Nosirov.
Помогите:''Bobo vs Nabira'' manga munosabat beldiring
998977751868IMRONA:
непонятно
Ответы
Ответ дал:
7
Про 9 мая о дедушке и о мальчике
Похожие вопросы
1 год назад
1 год назад
1 год назад
2 года назад
8 лет назад